 UZB
 UZB  ENG
 ENG Ro'yxatga olish - yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni vakolatli davlat organlarida davlat ro'yxatidan o'tkazishga ko’maklashish; Qayta tashkil etilganda va ta'sis hujjatlari o'zgartirilganda qayta ro'yxatdan o'tkazish - ta'sis hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarni va yuridik shaxs qayta tashkil etilganda vakolatli organlarda davlat ro'yxatidan o'tkazish zarurati; Yuridik shaxslarni tugatish - yuridik shaxsning faoliyatini va mavjudligini, ushbu tugatishni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun zarur bo'lgan tartiblar majmuasiga rioya qilgan holda tugatish.

Kompaniyamiz ta’sis hujjatlarini (nizom, ta’sis shartnomasi) tayyorlashdan boshlab, firma nomlarini zaxira qilishdan, vakolatli davlat organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar va hokazolarni olishgacha bo‘lgan jarayonlarni, tadbirkorlikni yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda sizga yordamchi bo’lishni o‘z zimmasiga oladi. Kompaniyangizni tugatishni ham bizga ishonib topshirishingiz mumkin. Biz tugatuvchining qonun bilan belgilangan barcha funktsiyalarini o'z zimmamizga olamiz va shu bilan sizni uzoq davom etadigan va muntazam tugatish ishlaridan ozod qilamiz. Ayni paytda siz yangi loyihalar haqida o'ylashingiz mumkin. Bu ishlarni kompaniyamizga ishonib topshirganingizdan so'ng biz o'z oldimizga qo'yilgan barcha vazifalarni yuqori saviyada bajarishimizga mutlaqo xotirjam bo'lishingiz mumkin.
 @masterusmanov 
 +998972179900